Abramov Kuper qoldirgan dog'ni yuva oladimi?
Ertaga hal qiluvchi bahs. Hayot-mamot o'yini. 2022 yilgi jahon chempionati saralash doirasida Toshkentda Falastinni qabul qilamiz.
Falastin bilan birinchi o'yinda mag'lub bo'lganmiz. Argentinalik mutaxassis Ektor Kuper terma jamoamiz peshonasiga “Tarixda ilk bor Falastindan mag'lubiyatga uchraldi” degan tamg'ani bosib ketdi. Bu safar Abramov Falastinni mag'lub etib, oldingi muvaffaqiyatsizlikning alamini olishi kerak.
Muhimi — boshqa jihat. Ertangi o'yin biz uchun birinchi o'yindagi mag'lubiyatning alamini oluvchi emas, uch ochko taqdim etuvchi muhim o'yin maqomida turadi. Agar ertaga g'alaba qozonsak, Qatar maydonlarida bo'lib o'tadigan mundialga intilishda davom etamiz. Agar durang qayd etsak, juda mushkul vaziyatga tushib qolamiz. Yutqazsakchi, deysizmi? Yo'g'-e, bu safar ham mag'lub bo'lmasmiz.
Ertangi o'yinda O'zbekiston milliy terma jamoasi favorit, ammo hozir hech kim xolis muxlis sifatida “Falastinni mag'lub etamiz”, deb to'liq ishonch bilan ayta olmaydi. Birinchidan, bu — futbol. Maydon tekis, to'p yumaloq. Ikkinchidan, Falastin uchun endi biz — bir bor mag'lub etilgan, yutsa bo'ladigan raqibmiz. Ularning nazdida shunaqa, bu esa raqibdagi bosimni biroz engillashtiradi. Bizga dalda beradigan jihat shuki, biz ham endi Falastinga yutqazgan terma jamoa emasmiz. Abramov kelganidan keyin o'yinimiz qanchalik o'zgarganini hammamiz, jumladan, raqiblar ham bilishadi.
Abramovga tarkib yoki taktika borasida maslahat berishdan yiroqman. Undan talab qiladiganim — futbolchilarga etarlicha motivatsiya berish. O'tgan o'yindagi xatolarini ko'rsatish, shundan xulosa chiqarishga undash kerak.
Abramov o'tgan o'yindagi mag'lubiyatni futbolchilarning aqlga emas, hissiyotga tayanganiga, yana gollar urishga harakat qilib, himoyani bo'sh qo'yganiga bog'ladi. Aslida esa bunday emasdi. Mag'lubiyatning asosiy sabablaridan biri o'rinsiz taktika va charchagan futbolchilarning vaqtida almashtirilmagani ekanligini hammamiz bilamiz. Chunki arablarning ikkinchi goli rekoshet orqali, uchinchi goli esa Shukurovning toliqib qolganligi sababli to'pga eta olmagani, Suyunovning oldinga chiqib qolgani sababli kiritildi. Aytmoqchimanki, Falastinga qarshi o'yinda futbolchilarning hissiyotlarini bo'g'maslik kerak. Mayli, o'ynashsin, ishtaha ovqat payti keladi, deganlaridek, tinimsiz hujum uyushtirayotgan va bir-ikkita gol urib olgan jamoa yana gol urgisi keladi. Bunday paytda futbolchilarni ruhlantirish lozim. To'g'ri, bu himoyani yoddan chiqarish kerak degani emas, albatta. Aytmoqchi bo'lganim, ertangi o'yinda futbolchilar ko'proq gol kiritib, o'yin taqdirini ertaroq hal qilganlari ma'qul. Axir chekka-chekka viloyatlardan futbol ko'rish uchun bir necha yuz kilometr masofani bosib keladigan muxlislarning mamnuniyat hissini tuyishga haqlari bor-ku. Yoki teleekran qarshisida o'tirgan millionlab muxlislar ham yurak hovuchlab emas, maza qilib futbol ko'rishlari kerak-ku!
Saudiya Arabistoniga qarshi o'yindan farqli o'laroq, ertaga yirik hisobda zafar quchishimizga ishonyapman. Hech bo'lmaganda ishonchli hisobda g'alaba qozonsak kerag-ov. Buning uchun esa o'sha gap — Amerika ochish shart emas. Hatto o'tgan galdagi tarkibni tushirsa ham mayli, faqat o'tgan o'yindagi xatolar ustida ishlash va o'zgartirishlarni vaqtliroq amalga oshirish kerak. Chunki ertangi o'yinda ham kimdir yoki kimlardir 60-daqiqadan so'ng charchoq alomatlarini seza boshlaydi.
Xuddi Saudiya Arabistoni singari Falastin terma jamoasi ham biz uchun syurpriz tayyorlab qo'ygani aniq. Mehmonlar ustozi tushunib turibdi ertaga boshqa O'zbekiston termasiga qarshi maydonga tushishini. Umid qilamizki, Vadim Abramov boshliq murabbiylar shtabi Falastin bilan bo'lgan birinchi o'yinimiz va raqibning boshqa o'yinlarini tomosha qilib, Falastinni etarlicha o'rganishgan. Ertangi o'yinda esa buning samarasini ko'ramiz, deb niyat qilamiz.
Demak, ertaga soat 17:00 da hammani stadionga chorlab qolamiz. Ko'nglim sezyapti, bu safar maydonni so'kinib emas, quvonib, “Mana, bo'larkan-ku”, “Odilning jarimasini ko'rdingmi?”, “Eldor boshi bilan zo'r urdi lekin”, “Jaloliddinning driblinglari, nihoyat o'xshadiya”, kabi quvonch jumlalari bilan tark etasiz.
Coutinho_14
18-Noyabr 2019,23:47
18-Noyabr 2019,23:47
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30200/+14)
UzFIFA Yangiliklari (23.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (23.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
18-Noyabr
18:10
19-Noyabr
06:30
Niko Uilyamsni "Barselona"ga o'tkazish bo'yicha kelishuvdagi asosiy to'siq ma'lum bo'ldi
O'qildi: 46 - Fikirlar: 0
O'qildi: 46 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)