"Barselona" yarim himoyachisi va sardori Serxio Buskets Kataloniya klubida qolishi mumkin, deb xabar beradi Mundo Deportivo.
Manba bergan xabarga ko'ra, "Barselona" rahbariyati 34 yoshli futbolchi bilan uchrashib, yangi shartnoma bo'yicha muhokama qilishni rejalashtirgan. Ayni damda Buskets 2022/2023 yilgi mavsum yakunida Kataloniya klubini tekinga tark etmoqchi. Biroq “Barselona” bosh murabbiyi Xavi hamon futbolchini jamoada saqlab qolishni istamoqda. "Barselona" Busketsdan kamroq maosh bilan yangi shartnoma imzolashini xohlaydt.
Eslatib o'tamiz, Buskets "Barselona"da 2005 yildan buyon o'ynab kelmoqda. U Xosep Gvardiola qo'l ostida asosiy jamoada debyut qildi va Evropa ligasidan tashqari klub futbolida o'zi qatnashgan barcha turnirlarda g'alaba qozondi.
30-Noyabr 2022,15:40