«Barselona» «Manchester Siti» futbolchisi Bernardu Silva bilan shartnoma imzolashga yana bir bor harakat qilib ko'radi.Kataloniyaliklar «Barselona» Chempionlar Ligasi uchun kurashishda jamoani yangi darajaga olib chiqadigan yulduz futbolchi xarid qilish lozim deb hisoblamoqda. Shu sababdan klub prezidenti Xoan Laporta Lionel Messini ortga qaytarish yoki Bernardu Silva bilan shartnoma imzolash variantlarida to'xtaldi.Natijada rahbariyat Bernardu Silva transferini amalga oshirishga yana bir bor urinib ko'rishga qaror qildi. Portugaliya terma jamoasi va «Manchester Siti» a'zosi nafaqat maydon markazida, balki, hujumda ham munosib o'yin ko'rsata oladi. Undan tashqari Silva Messidan ancha kichik.Portugaliyalikning o'zi ham «Barselona»ga o'tish varianti qiziqtirayotganini ma'lum qilgandi. Yozda tomonlar o'rtasida shartnoma imzolanishga yaqin kelgandi, yakunda esa bu amalga oshmay qolgandi.Bernarduning «shaharliklar» bilan shartnomasi 2025 yil yoziga qadar mo'ljallangan.
6-Dekabr 2022,22:00