"Manchester Siti" hujumchisi Xulian Alvares o'tgan qishda "Barselona"ga o'tishi mumkin edi.
Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" argentinalik yosh futbolchining transferini o'sha yilning yanvar oyida jiddiy o'ylab ko'rishgan.
Manbaga ko'ra, "Barselona" Alvaresni o'z safiga qo'shib olmagan, chunki ular futbolchining "Kamp Nou"da o'ynash qobiliyatiga shubha qilgan. Natijada klub "Arsenal"dan erkin agent sifatida kelgan tajribaliroq Per-Emerik Obameyangni tanladi.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" o'tgan qishda Alvaresni sotib olgan va uni mavsum oxirigacha "River Pleyt"da qoldirgan edi. Hozir 22 yoshli argentinalik futbolchi Angliya Premer-ligasida uchta gol kiritdi.
Ushbu jahon chempionatida Xulian Argentina terma jamoasi safida 4 ta gol urdi. 18 dekabr kuni hujumchi turnir finalida Frantsiyaga qarshi bahs olib boradi.
15-Dekabr 2022,17:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0