"Chelsi"ning sobiq bosh murabbiyi Tomas Tuxel Ispaniya chempionatida ishtirok etayotgan klublarning birini bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda Sport Bild nashri jurnalisti Kristian Falk o'zing "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida ma'lum qildi.
Unga ko'ra, germaniyalik mutaxassis endi Angliyada yashamaydi. Shuningdek, u 49 yoshli mutaxassis ispan tilini tezlashtirilgan rejimda o'rganayotganini aytdi.
Falk o'z postida "Barselona" va "Atletiko" klublarini ham tilga oldi.
Eslatib o'tamiz, Tuxel 7 sentyabr kuni ertalab Chempionlar ligasi doirasida Zagrebning "Dinamo" jamoasidan uchralgan mag'lubiyatga uchraganidan so'ng (0:1) darhol "Chelsi"dan haydalgan edi. Uning qo'l ostida "ko'klar" Chempionlar ligasi, Evropa Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida zafar quchgan. Avvalroq, "Chelsi"ning sobiq bosh murabbiyi Germaniya terma jamoasida ishlashdan manfaatdor emasligini va faoliyatini klub darajasida davom ettirmoqchi ekanini aytgandi.
22-Dekabr 2022,09:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0