Transfermarkt portali 2022 yil davomida narxi eng ko'p o'sishga erishgan futbolchilar reytingini e'lon qildi. Bardaniga 5 nafar futbolchining narxi 50 million evroga oshdi. Portal "Benfika" himoyachisi Entso Fernandesni 1-pog'onaga qo'ydi. Boisi, yil boshida 5 million evro bo'lgan futbolchi ayni paytga kelib 55 million evrolik o'yinchiga aylandi. Ya'ni, uning narxi naq 1000 foizga oshgan. Ikkinchi pog'onani ega ikki futbolchi egalladi: Yoshko Gvardiol "Leyptsig) va Antoni ("MYu"). Har ikki o'yinchining transfer narxlari 25 milliondan 75 million evroga ko'tarilgan. "Milan" hujumchisi Rafael Leau reytingda 4-o'rinni egallagan bo'lsa, «Barselona» yarim himoyachisi Gavi va "Real" yarim himoyachisi Orelen Chuameni top-5ga kirishdi. 2022 yilda narxi eng ko'p o'sgan futbolchilar (top-11)1. Entso Fernandes — 55 mln (+50 mln, 1000%, «Benfika»);2. Yoshko Gvardiol — 75 mln (+50 mln, 200%, «Leyptsig»);2. Antoni — 75 mln (+50 mln, 200%, «Manchester Yunayted»);4. Rafael Leau — 85 mln (+50 mln, 142,9%, «Milan»);5. Orelen Chuameni — 90 mln (+50 mln, 125%, «Real»);5. Gavi — 90 mln (+50 mln, 125%, «Barselona»);7. Jamol Musiala — 100 mln (+45 mln, 81,8%, «Bavariya»);8. Xvicha Kvaratsxeliya — 60 mln (+44 mln, 275% «Napoli»);9. Rodrigo — 80 mln (+40 mln, 100% «Real»);10. Kodi Gakpo — 60 mln (+38 mln, 172,7%, "PSV")11. Darvin Nunes — 70 mln (+38 mln, 118,8%, «Liverpul»).
28-Dekabr 2022,22:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0