Robert Levandovski diskvalifikatsiya qilinganiga qaramay, "Atletiko"ga qarshi o'ynashi mumkin.
Oldinroq Madrid markaziy sudi Levandovskini uch o'yinga diskvalifikatsiya qilish to'g'risida qarorni muzlatib qo'ygandi, natijada "Barselona" hujumchisi La Liganing 15-turidan o'rin olgan "Espanol"ga (1:1) qarshi o'yinda ishtirok etishga muvaffaq bo'lgandi.
Hozirda sud ishni ko'rib chiqishni qachon yakunlashi ma'lum emas. Bu borada guvohlik berish uchun "Barselona" vakillari chaqirilishi kutilmoqda.
Ishning ikkita mumkin bo'lgan natijasi mavjud. Agar sud to'xtatilgan taqiqni o'z kuchida qoldirsa, Levandovski yakuniy qaror qabul qilingunga qadar "Barselona"da o'ynashda davom etadi. Agar sud ishni to'xtatib turishni bekor qilsa, u darhol kuchga kiradi.
Nima bo'lganda ham, "Barselona" hujumchining 8 yanvar kuni "Atletiko"ga qarshi o'ynay olishiga ishonchi komil, chunki masala kechiktirilishi mumkin.
3-Yanvar 2023,19:30