"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Kataloniya klubining qishki transfer bozoridagi rejalari haqida gapirdi.
“Men Depay yoki boshqa “Barselona” futbolchisi yanvarda bizni tark etishini xohlamayman. O'ylaymanki, bu qishki transfer oynasi biz uchun juda sokin bo'ladi, biz katta o'zgarishlarni rejalashtirmagan edik. "Nyukasl"ning Depay bo'yicha taklifi? Bizga bu klubdan hech qachon Memfis uchun hech qanday so'rov bo'lmagan", - deya Xavining so'zlarini keltiradi italiyalik jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda.
Oldinroq niderlandiyalik hujumchiga "Roma" va "Nyukasl" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda 28 yoshli hujumchi "ko'k-anorranglilar" safida uchta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi. Uning "Barselona" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
3-Yanvar 2023,19:10