"Barselona" prezidenti Joan Laporta argentinalik hujumchi Lionel Messining klubni tark etishi sabablariga izoh berdi.
"Men "Barselona"ni futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchidan ustun qo'yishim kerak edi. Iqtisodiy inqiroz paytida men uni ushlab tura olmadim. Menimcha, bu klub uchun eng yaxshi qaror edi. Hozir u "PSJ" futbolchisi, men u haqida gapirmaslikni afzal ko'raman. E'tiborimizni "Barselona"ga qaratganmiz.
Lionel har doim klubimizning bir qismi bo'lib qoladi, men uning boshqacha yakunlanishini istardim. Bir nechta variant bor, lekin hozir bu haqda gapirish noto'g'ri. Bizning hali ham aloqamiz bor" - dedi Laporta Cadena Serda bilan suhbatda.
Avvalroq, 35 yoshli argentinalik futbolchi "PSJ" bilan yangi shartnoma imzolashga rozi bo'lgani xabar qilingandi. Shartnoma muddati ikki yil bo'lib, u "1+1" sxemasi bo'yicha imzolanadi. Messining maoshi amaldagi shartnomaga nisbatan ortadi.
5-Yanvar 2023,19:30