Futbolchi uchun odatiy voqea qashshoqlikdan qutulish va sport orqali muvaffaqiyatli va mashhur bo'lishdir. Biroq, barcha buyuk futbolchilar ham oddiy oilalardan chiqmagan. Ba'zilar futbol karerasisiz ham havas qiladigan hayot kechirishi mumkin edi. Shunga qaramay, to'pga bo'lgan muhabbat bu odamlarni mashhur shaxslarga aylantirdi.
Bizning bugungi maqolamiz badavlat oilalardan bo'lgan futbolchilar haqida. Qo'shimcha qilamizki, ushbu maqolada taniqli, badavlat sportchilarning farzandlari bo'lmaydi. Aks holda, ro'yxat ancha katta bo'lar edi.
Oliver Birhoff
Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi, Evro-1996 dagi “oltin” gol muallifi o'tgan yilning dekabriga qadar terma jamoa rahbariyatida ishlagan. Birhoff 18 yil davomida Germaniya terma jamoasini boshqargan. Oliver faqat boshqa sohada katta xo'jayin sifatida martaba qilgan otasining yo'lidan bordi. Rolf Birhoff sanoat kompaniyasi boshqaruvi a'zosi va Evropa elektr sanoati ittifoqi prezidenti edi. U o'g'lining futbol bilan shug'ullanishiga ruxsat berganiga sabab uning o'zi ham darvozabon sifatida o'ynashga harakat qilgan.
Robin van Persi
Niderlandiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar otasining xohish-istagini ro'yobga chiqarmadi. Otasi uni rassom bo'lishini xohlagan, lekin uning ish quroli mo'yqalam emas to'p bo'lib chiqdi.
Futbolchi bo'lib, u, albatta, ota-onasini hayratda qoldirdi. Uning ota-onasi muvaffaqiyatli haykaltarosh Bob van Persi va taniqli rassom Xose Ras edi. Van Persi bolaligini Rotterdam muhitida o'tkazdi. Ammo hamma narsa bir tekisda o'tmadi. Robin uch yoshida ota-onasi ajrashishdi va u otasi bilan qoldi.
Mario Gyottse
2014 yilda Gyottse jahon chempionatida Germaniya terma jamoasiga g'alaba keltirgan golga mualliflik qilgandi. Ajablanarlisi, bu holatda nemislarning yirik turnirdagi g'alabali golining muallifi badavlat oilada o'sgan futbolchi bo'ldi. Uning otasi Yurgen Gyottse El va Dortmund universitetlarining kompyuter fanlari bo'yicha sobiq professori, Germaniyada juda yaxshi obro'ga ega odam.Gyottse o'g'lining futbolchi bo'lish istagini to'liq qo'llab-quvvatladi va adashmadi.
Kaka
2007 yilda "Oltin to'p" sohibi kelajak uchun kurashda qashshoqlikdan chiqib ketishi shart emas edi. "Real Madrid", "Milan" va Braziliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisining otasi muvaffaqiyatli qurilish muhandisi bo'lgan. Uning oilasi o'zlari uchun qars sotib oladigan darajada boy bo'lmasa-da, farovan hayot uchun etarlicha pullari bor edi. Agar Kaka otasining kasbini tanlaganida, futbolsiz ham yaxshigina pul ishlab topgan bo'lishi aniq edi. Biroq, San-Pauluga ko'chib o'tish Braziliya top-klubi akademiyasiga kirishiga yordam berdi va Kaka sport tufayli millionerga aylandi.
Ugo Loris
Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionati yakunida Frantsiya terma jamoasining o'yinlar soni bo'yicha rekordchisi va “uch ranglilar” sardori terma jamoadagi faoliyatini yakunladi. Terma jamoa bilan deyarli barcha cho'qqilarni zabt etgan Loris o'z biznesida ota-onasi kabi muvaffaqiyatli bo'lib chiqdi. Darvozabonning otasi Lyuk Monte-Karloda bankir, onasi Mariya esa advokat edi. 2008 yilda Ugo nafaqat Frantsiya terma jamoasida debyut qildi.
Jerar Pike
Pikening ham ota-onasi juda hurmatga sazovor insonlardir. Uning otasi advokat va o'zining yuridik firmasiga ega bo'lgan muvaffaqiyatli biznesmen. Onasi Barselonadagi tibbiyot instituti direktori. Jerar har qanday kasbni tanlashi mumkin edi, uning uchun barcha eshiklar ochiq edi. Shunga qaramay, Pike bobosi Amador Bernabeuning yo'lini tanladi. U futbol bilan ham shug'ullangan, "Barselona" vitse-prezidenti lavozimida ishlagan. Shubhasiz, oilada hech kim Jerarning qaroridan afsuslanmadi.
Pirlo
Italiyalik ajoyib yarim himoyachi, hozirda Otabek Shukurovning bosh murabbiyi otasining ishini davom ettirib, futboldan tashqari biznesga kirishi mumkin edi. Luidji Pirlo ikkita metallurgiya zavodiga egalik qilgan, onasi Lidiya esa shahar merining jiyani bo'lgan. Bundan tashqari, ular uzumchilik bilan ham shug'ullangan.
19-Yanvar 2023,13:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0