«Deloitte» auditorlik kompaniyasi o'zining rasmiy saytida Evropa futbol klublarining yillik moliyaviy hisobotini e'lon qildi.
Angliyaning «Manchester Siti» klubi ketma-ket ikkinchi mavsumda daromad bo'yicha etakchilik qilmoqda. 2022 yilda «shaharliklar»ning daromadi 731 million evroni tashkil qildi.
Bu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi o'rinni Ispaniyaning «Real»i (713,8 million evro), uchinchi o'rinni esa Angliyaning «Liverpul» jamoasi (701,7 million) egalladi.
1. «Manchester Siti» (Angliya) — 731 million evro
2. «Real» (Ispaniya) — 713,8
3. «Liverpul» (Angliya) — 701,7
4. «Manchester Yunayted» (Angliya) — 688,6
5. PSJ (Frantsiya) — 654,2
6. «Bavariya» (Germaniya) — 653,6.
7. «Barselona» (Ispaniya) — 638,2
8. «Chelsi» (Angliya) — 568,3
9. «Tottenxem» (Angliya) — 523
10. «Arsenal» (Angliya) — 433,5
11. «Yuventus» (Italiya) — 400,6
12. «Atletiko» (Ispaniya) — 393,9
13. «Borussiya» Dortmund (Germaniya) — 356,9
14. «Inter» (Italiya) — 308,4
15. «Vest Xem» (Angliya) — 301,2
16. «Milan» (Italiya) — 264,9
17. «Lester» (Angliya) — 252,2
18. «Lids» (Angliya) — 223,4
19. «Everton» (Angliya) — 213,7
20. «Nyukasl» (Angliya) — 212,3
19-Yanvar 2023,19:50