"Atletiko"ning yangi futbolchisi Memfis Depay Madrid klubiga o'tishi haqida fikr bildirdi.
"Hammasi juda yaxshi va juda tez o'tdi. Murabbiy bilan yaxshi suhbatlashdim va men nimaga qodir ekanimni ko'rsatishga intilaman. O'tgan yili ularga qarshi o'ynaganman va stadion, o'yinning shiddatliligi va jangovar ruhiga qoyil qolgandim. Bu ajoyib tarix va yaxshi jamoaga ega juda katta klub. Men ular haqida ko'p yaxshi hikoyalarni eshitganman. Ular men bilan shartnoma imzolashni xohlashdi va bu juda muhim", - deya Depayning so'zlarini keltiradi Football Espana.
Kecha, 20 yanvar kuni Depay "Atletiko Madrid" bilan 2,5 yillik shartnoma imzolagani ma'lum bo'ldi. Joriy mavsumda hujumchi "Barselona" safida barcha musobaqalarda bor yo'g'i 4ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan.
"Atletiko" 28 ochko bilan Ispaniya chempionatida 4-o'rinda bormoqda.
20-Yanvar 2023,00:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0