"Barselona"ning sobiq futbolchisi Dani Alvesh hibsga olingan va sud qarorini kutmoqda. 39 yoshli braziliyalik futbolchi jinsiy zo'ravonlikda ayblanmoqda va 4 yildan 12 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi kutilmoqda.
Vaziyatga izoh berar ekan, "Barselona" bosh murabbiyi Xavi bu xabarni eshitib, hayratda qolganini va u Alvesh uchun afsuslangani aytgandi. Endi yosh mutaxassis vaziyatga yangi izoh berdi.
"Men so'zlarimni tushuntirishni istardim, ular meni noto'g'ri tushunishdi. Bu juda murakkab va muhim mavzu. Men jabrlanuvchini eslatmadim. Men ishonamanki, bunday harakatlar uchun Dani yoki boshqa birov jazosini olishiga ishonaman. Men jabrlanuvchi va zo'ravonlik qurbonlaridan kechirim so'rashni xohlayman. Menga bildiridayotgan tanqidlarni qabul qilaman", - dedi Xavi.
23-Yanvar 2023,17:20