"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Usmon Dembele jarohatidan so'ng hujumni kuchaytirishni so'ragan, biroq klub moliyaviy feyr-pley tufayli yangi o'yinchi sotib ololmaydi, deb yozadi jurnalist Xavi Migel o'zining ijtimoiy tarmog'ida.
Manba bergan xabarga ko'ra, frantsiyalik futbolchining jarohatidan so'ng “Barselona” ustozi direktor Mateu Alemanidan hujumni kuchaytirish mumkinmi, deb so'ragan. Direktor Xaviga moliyaviy feyr-pley qoidalari bunga yo'l qo'ymasligini aytdi.
Frantsiyalik futbolchi La Liganing 19-turi doirasidagi "Jirona"ga qarshi uchrashuvda jarohat olgandi. Futbolchi zudlik bilan tibbiy ko'rikdan o'tdi, kechqurun esa son mushaklari jarohati haqidagi ma'lumot tasdiqlandi. OAV xabariga ko'ra, hujumchi 3-4 hafta o'tkazib yuborishi mumkin.
29-Yanvar 2023,12:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0