Kecha tashlangan qur'aga ko'ra, Ispaniya kubogi yarim finalida «Real» va «Barselona» jamoalari o'zaro to'qnash keladigan bo'lishdi. Taniqli jurnalist Xavi Migel xabar tarqatishicha, "Barsa" futbolchilar qur'a jarayonini klub mashg'ulot bazasida jonli tomosha qilishgan. "Ko'k-anorranglilar"ga "Qirollik klubi" raqibi bo'lishi aniq bo'lgach, ular buni xursandchilik va qarsaklar bilan kutib olishgan.Ispaniya kubogi yarim finalining dastlabki o'yini «Santyago Bernabeu» (1 mart), javob bahsi esa «Kamp Nou» (5 aprel)da bo'lib o'tadi. Bunday taqvim ham "Barselona" futbolchilarini qanoatlantirgan.Eslatib o'tamiz, Xavi jamoasi joriy mavsumda madridliklar bilan 2 marta to'qnash kelishdi. La liga doirasidagi o'yinda Anchelotti jamoasi 3:1 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa, Ispaniya superkubogi o'yinida kataloniyaliklar shunday hisobda raqibdan ustun kelishdi.
31-Yanvar 2023,14:10