Xulian Arauxoning "Los-Anjeles Gelaksi"dan "Barselona"ga transferi amalga oshirilgani haqidagi qaror 1 fevral, chorshanba kuni ertalab rasman qabul qilinadi, deb yozadi jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarida.
Manbaga ko'ra, kelishuv belgilangan muddatdan bir necha soniya o'tib rasmiylashtirilgan va qaror MLS rahbariyatiga bog'liq bo'ladi.
Shu bilan birga, tomonlar o'tish shartlari bo'yicha to'liq kelishib oldilar. Futbolchining "Barselona" bilan shartnomasi 2026 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Arauxo 2019 yildan beri "Los-Anjeles Gelaksi"ning asosiy jamoasida o'ynab kelmoqda. 2022 yilgi mavsumda 21 yoshli futbolchi MLSning 31 o'yinida maydonga tushib, bitta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. 2021 yildan boshlab Arauxo Meksika terma jamoasiga chaqirilgan.
"Barselona" 18 o'yinda 47 ochko to'plagan va Ispaniya chempionatining 2022/2023 yilgi mavsumi turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda. Kuchli uchlikka “Real” (42) va “Real Sosedad” (39) ham kirgan.
1-Fevral 2023,08:00