Polshada Robert Levandovski va uning sobiq agenti ustidan sud jarayoni boshlandi.
Tsezari Kuxarski "Barselona" hujumchisini sheriklari bilmagan holda o'zining va rafiqasi Annaning shaxsiy hisob raqamlariga o'z kompaniya hisob raqamlaridan pul o'tkazganlikda ayblamoqda. Levandovski, o'z navbatida, sobiq agentini shantajda aybladi. Dalil sifatida u Kuxarskiy bilan suhbatlar yozuvini keltirdi.
Robert sudga 2018 yil fevralidan 2020 yil yanvarigacha bo'lgan uchta suhbatning yozuvlarini taqdim etdi. Kuxarski ular tahrirlanganligini ta'kidlaydi.
Tomonlar o'rtasidagi kelishmovchilik bir necha yillardan beri davom etmoqda. Futbolchi va uning sobiq vakili buni hal qilish uchun bir qator uchrashuvlar o'tkazishdi, biroq hech qanday kelishuvga erisha olishmadi.
Kuxarski 2010 yildan 2018 yilgacha Levandovskining agenti bo'lgan. Endilikda futbolchining manfaatlarini Pini Zaxavi himoya qilmoqda.
2-Fevral 2023,22:30