Ispaniyalik yarim himoyachining amaldagi shartnomasi mavsum so'ngida nihoyasiga etadi. Xavi va Joan Laporta tajribali futbolchini jamoada qolishini istayotganliklarini aytib kelayotgan bo'lsa-da, haligacha jamoa sardoriga hech qanday rasmiy taklif bildirilmagan.
Futbolchining o'z kelajagini fevral oyida hal qilmoqchi. Kataloniya klubi chindan uning xizmatlariga yana bir yoki undan ko'proq mavsumga ehtiyoj sezsa, tezroq harakatga kirishishiga to'g'ri keladi.
Avvalroq Ispaniya terma jamoasi a'zosi boshqa bir klubga o'tishni istayotgani ma'lum qilingandi. Uni o'z safida ko'rish uchun "Inter Mayami" va "Al Nassr" qiziqish bildirdi. Futbolchi allaqachon Saudiya Arabistoni klubidan katta taklif olgani aytilmoqda. U faoliyatining qolgan qismini MLS'da ham davom ettirishi mumkin.
Buskets joriy mavsum Xavi jamoasining muhim o'yinchilaridan biri bo'ldi va o'tkazilgan 19 o'yinning 15 tasida maydonga tushdi.
3-Fevral 2023,15:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0