"Barselona" Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi Texnik hakamlar qo'mitasi sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga pul to'lagan, deb xabar bermoqda Marca nashri.
Manbaga ko'ra, Kataloniya klubi Negreyraga tegishli bo'lgan DASNIL 95g kompaniyasiga 1,4 million evro to'lagan. "Barselona" 2016-2018 yillar oralig'ida uchta to'lov yuborgan. O'shanda Enrikes Negreyra Ispaniya Texnik hakamlar qo'mitasi vitse-prezidenti edi.
Negreyra allaqachon ko'rsatma berib, naqd pul to'lovlari konsalting ishi uchun qilingani va hakamlar "Barselona"ga boshqa klublardan ko'ra ijobiy munosabatda bo'lmaganini aytdi.
Qayd etilishicha, Negreyra soliq idorasiga “Barselona”ga konsalting xizmati ko'rsatganini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan. Mutaxassis 2018 yilda Texnik hakamlar qo'mitasi vitse-prezidenti lavozimini tark etgan.
“Barselona” 21 turdan keyin 56 ochko bilan Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
15-Fevral 2023,22:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0