"Barselona" rasmiy saytida Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi hakamlar texnik qo'mitasi sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga qilingan to'lovlar bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi.
"Barselona" o'tmishda Ispaniyaning boshqa klublaridagi yosh o'yinchilar haqida video hisobotlar taqdim etadigan tashqi texnik maslahatchi xizmatidan foydalangan. Bundan tashqari, ushbu etkazib beruvchi bilan aloqalar texnik hisobotlar bilan kengaytirildi, ular asosiy va zaxira jamoalari murabbiylar shtabi uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni to'ldirishga mo'ljallangan. Bu professional futbol klublari orasida keng tarqalgan amaliyot. Endilikda ushbu turdagi autsorsing xizmatini klubning futbol bo'limida ishlaydigan mutaxassis ko'rsatadi.
"Barselona" bu ma'lumot jamoa mavsumning eng yaxshi formasiga chiqqanida ommaga e'lon qilinganidan afsusda. “Barselona” bunday ma'lumotlarning oshkor etilishi sabab bo'lishi mumkin bo'lgan taxminlar bilan klub obro'siga putur etkazmoqchi bo'lganlarga nisbatan qonuniy choralar ko'radi", — deyiladi xabarda.
“Barselona” 21 turdan keyin 56 ochko bilan Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
15-Fevral 2023,22:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0