Taniqli jurnalist va sharhlovchi Davron Fayziev bugun bo'lib o'tadigan "Barselona" hamda "MYu" jamoalari o'rtasidagi o'yinga izoh berdi.
"Tarixiy kecha. Evropa ligasi shu kecha tomoshaboplik bo'yicha chempionlar ligasiga raqobat qila oladi. Chunki bugun har qaysi finallarni bezaydigan juftlik o'zaro to'qnash keladi.
"Barselona" - "Manchester Yunayted". Hamkasblar bir ovozdan EL tarixidagi eng yorqin to'qnashuv deya ta'rif berishdi. Gap faqat titullar va tarixda emas. "Barselona" va "MYu" ayni davrda eng kuchli ligalarda zo'r formaga tushib olishgan va yoqimli futbol namoyish etishmoqda. Ular eng kuchli holatida uchrashishyapti. Favorit yo'q, shunchaki ikki buyuk klub to'qnashuvi jarayondan zavq olamiz. Birgalikda." - deb post qoldirdi Fayziev.
16-Fevral 2023,22:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0