“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag Evropa ligasining 1/16 finali doirasidagi “Barselona”ga (2:2) qarshi o'yindagi hakamlar ishidan norozi.
Mankunianliklar murabbiyining so'zlariga ko'ra, “ko'k-anorranglilar” uchrashuvni ozchilikda yakunlashi kerak edi.
“Bugun hakamlik o'yinga jiddiy ta'sir qildi. Hisob 2:1 bo'lganida, Reshfordga nisbatan aniq qoidabuzarlik sodir bo'ldi - balki jarima maydonchasi ichida emasdir, lekin u vaziyat qizil kartochka edi. Hakam qo'pollikni ko'rmaganini aytdi va men buni tushunmadim. O'ylaymanki, hakamlarga muxlislar bosimi ta'sir ko'rsatdi, ammo Evropaning eng yuqori darajasidagi o'yinlarda bunday bo'lmasligi kerak", - dedi niderlandiyalik mutaxassis matbuot anjumanida.
Javob o'yini kelasi payshanba kuni "Old Trafford"da bo'lib o'tadi.
16-Fevral 2023,01:50