Markus Reshford mavsumning ikkinchi qismini yondirmoqda - Evropa ligasi 1/16 finalining "Barsa"ga qarshi birinchi o'yinida (2:2) u 7 daqiqada ikkita golda ishtirok etdi. Avvaliga Ter Shtegenning yaqin burchagiga kuchli zarba bilan to'pni joylab qo'ygan bo'lsa, keyin esa Rafinyani burchak yonida ajoyib fint orqali orta qoldirib, Kundening o'z darvozasi ishg'ol qilishida asosiy ishni bajardi.
Biz statistika va taqvimga qarab uning ko'rsatayotgan natijasidan hayratga tushamiz. Fevral oyining ikkinchi yarmiga kelib, Reshford 2019/20 yilgi mavsumda kiritgan gollari sonidan bu mavsum ko'proq gol urdi.
• Reshford 338 ta o'yindan 241 tasida asosiy tarkibda maydonga tushgan. Agar uning o'yin vaqtini 90 daqiqalik teng segmentlarga aylantirsak, biz 248 ta to'liq o'yinni olamiz. Bu ko'rsatkich Markusning 90 daqiqalik o'rtacha ko'rsatkichi kontekstida muhim, ya'ni har bir o'yin uchun foydali harakatlar 0,67.
• 2022/23 yilda Reshford o'zida bosh bilan yaxshi o'ynash va sheriklariga golli vaziyatlar yaratib berish hislatlarini rivojlantirdi. Fevral oyi o'rtalarigacha Markus boshi bilan to'rtta gol urdi. Bungacha bir mavsumda unda ikkitadan ortiq bosh bilan bo'lmagan.
• Reshford - jamoaning eng yaxshi to'purar futbolchisi (29). Ikkinchi o'rinda Brunu Fernandesh - 13.
Ronalduning "Manchester Yunayted"dan ketishini izohlar ekan, Maykl Ouen shunday dedi: "MYu"da gollar bilan bog'liq muammo bor. Ten Xagning aytishicha, Reshford bir mavsumda 20 ta gol kirita oladi.
Reshford “bir mavsumda 20 ta gol” vazifasini uddasidan chiqdi, endi Markus yana bitta topshiriqni bajarishni maqsad qilgani aniq – kuzda Ten Xag Premer-ligada hujumchi 20 ta gol urishini bashorat qilgandi.
Aftidan, imkoniyatlar bor - Markus asosiy gol ko'rsatkichlari bo'yicha liga peshqadamlari qatorida va mavsum yakuniga qadar yana 15 ta o'yin bor.
• Markus nafaqat hujumlarni ajoyib yakunlaydi, balki yuqori darajadagi paslar bilan xavf tug'diradi. Jarimaga to'p uzatish bo'yicha eng yaxshilar ro'yxatida u kuchli o'ntalikdan joy olgan, yuqorida esa De Bryuyne, Edegor va Brunu kabilarning undan oldindaligi tabiiy.
***
GOAL nashri muntazam ravishda 2023 yilgi Oltin to'p uchun potentsial da'vogarlar ro'yxatini e'lon qiladi. Yanvar oyidagi yangilanishda Reshford birinchi marta kuchli 10 talikka kirdi, aniqrog'i oltinchi o'rinni egalladi. Albatta, Messi va Mbappe bilan raqobatlashish qiyin bo'ladi (hozircha birinchi va ikkinchi o'rinlar), lekin ko'rinib turibdiki, Reshfordning hozir ko'rsatayotgan o'yini shunchaki ajoyib.
18-Fevral 2023,22:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0