«Barselona» 19 fevral, yakshanba kuni Ispaniya chempionatining 22-turi doirasida «Kadis» bilan to'qnash kelib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.«Ko'k-anorranglilar» joriy mavsumda La ligada o'tkazilgan 22 ta uchrashuvdan bor-yo'g'i 5 tasida o'z darvozasidan gol o'tkazib yuborib, 17tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Shu tariqa, «Barsa» «quruq o'yin» bo'yicha Ispaniya chempionati rekordini yangiladi. Bu borada rekord «Deportivo»ga tegishli bo'lib, jamoa mavsum-1993/94da 16ta o'yinda o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormagandi.Bundan tashqari, Xavi jamoasi joriy mavsumda dastlabki 22 ta bahsda o'z darvozasidan 7 ta to'p olib chiqishgan: 3 marta - «Real Madrid», 1 tadan - «Real Sosedad», «Osasuna», «Espanol» hamda «Betis»dan.Ilk 22 turda o'tkazilgan gol bo'yicha shu paytgacha rekord 9 ta gol edi. Bunday ko'rsatkichni «Barselona» (mavsum-1986/87), «Deportivo» (1993/94) va «Atletiko» (2017/18) qayd etgan edi.
20-Fevral 2023,09:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0