«Barselona» rahbariyati klub bosh murabbiyi Xavi bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Rahbariyatga jamoa qayd etayotgan natijalar ma'qul kelmoqda. Xavi 2021 yilning noyabr oyida «Barselona»ni qabul qilib olgandi. Ispaniyalik mutaxassis jamoani qiyin vaziyatdan olib chiqib ketishga muvaffaq bo'ldi. "Ko'k-anorranglilar" uning boshqaruvida 74ta o'yinda ishtirok etib, ularning 46tasini g'alaba qozondi. Xavining «Barsa» bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar tuzilgan. Klub uni yana bir yilga uzaytirishga tayyor.«Hech kim «Barselona»ni Xavisiz tasavvur qila olmaydi. U biz bilan birga ekanidan xursandmiz. Umid qilaman, u uzoq yillar davomida jamoani boshqaradi», - dedi klub direktori Mateu Alemani.«Barselona»ning joriy mavsumdagi asosiy maqsadi — La ligada g'olib chiqish. Jamoa ayni paytda 2-o'rindagi "Real"dan 8 ochko oldinda bormoqda. Shuningdek, "Barsa" Ispaniya kubogi va Evropa ligasida o'z ishtirokini davom ettirmoqda.
20-Fevral 2023,21:00
O'qildi: 57 - Fikirlar: 0