Gvardiola hozirda "Manchester Siti"ni boshqarmoqda.
"Gvardiola – bugungi kundagi eng yaxshi murabbiy. Men uning qo'l ostida musobaqalarda qatnashganman, u bilan boshqa murabbiylar orasida juda katta farq bor, jumladan men bilan ham. Pep – har jihatdan daho. U inson emas. U butunlay boshqa mavjudot.
Biz birga o'ynaganmiz, keyin u mening murabbiyim bo'ldi. Uning Angliyada erishgan yutuqlari meni hayratda qoldirgani yo'q. Men u bularga erishishini bilardim.
Men va Pep oramizda ma'lum bir bog'liqlik bor. Esimda, o'ynab yurgan paytlarimda "biz falon sabablarga ko'ra, buni qilishimiz kerak", deb o'ylab qo'yardim. Biz kiyinish xonasiga tushsak, Pep aynan shu narsani aytardi.
U uchrashuvlarga fantastik tarzda tayyorgarlik ko'rardi. Uning aytganlari har doim amalga oshardi. Undan ko'p narsalarni o'rganganman", – dedi Xavi.
23-Fevral 2023,11:45
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0