"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Tvropa ligasi o'yini oldidan "Manchester Yunayted"ni maqtadi.
“Bizni juda qiyin o'yin kutib turibdi. Hozir “Manchester Yunayted” Evropaning eng yaxshi jamoalaridan biri. Ular buni har bir o'yinda ko'rsatishadi. Erik ten Xag ajoyib ish qilyapti. "Manchester Yunayted" shiddat, xarakter, ishtiyoq, ritm bilan o'ynaydi... Biz ularga barcha darajada mos kelishimiz, xarakter ko'rsatishimiz va uslubimizga sodiq qolishimiz kerak bo'ladi.
Avvalo, Evropadagi kurash uchun zarur bo'lgan xarakterni rivojlantirishimiz kerak. Aytishimiz mumkinki, “Manchester Yunayted” qaytdi. Ular ko'p yillardagi eng yaxshi futbolni ko'rsatishadi. Bu "Barsa"ga ham raqobatlasha olishini ko'rsatish uchun yaxshi imkoniyat.
Biz bu erga ishtiyoq va shijoat bilan keldik. Biz barcha yo'qotishlarimizga qaramay, o'zimizning eng yaxshi variantimizni ko'rsatishni intiqlik bilan kutamiz (Pedri, Gavi va Usmon Dembele "MYu"ga qarshi o'ynamaydi - muallif). Hammamiz bilamizki, bu qiyin bo'ladi, lekin bizda keyingi bosqichga chiqa oladigan jamoa bor”, - dedi Xavi.
Evropa ligasi pley-off bosqichidan o'rin olgan “Barsa” va “Manchester Yunayted” o'rtasidagi birinchi uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.
23-Fevral 2023,15:10