"NAChODAN QANDAY XATO?! U jarima maydonchasida uxlab qoldi va katta tartibsizlikka sabab bo'ldi", - degan yozuv Arauxoning tvitterida paydo bo'ldi. Bu aslida "Marca" nashrining o'yinga bo'layotgan matnli translyatsiyasi edi va "Marca"ning o'zida ham paydo bo'ldi.
O'yindan keyin Arauxo o'sha postni o'chirib tashladi va uning profili "vzlom" bo'lganini ma'lum qildi, biroq hech kim unga ishonmadi. Katta ehtimol bilan "adashish" shu tariqa sodir bo'lgan: "Marca"ning matnli translyatsiyasidagi har bir iborasida "Tvitterga jo'natish" tugmasi bor. Ronald ushbu xabarni tvitterdagi do'stlariga tashlamoqchi bo'lgan, biroq u tvitga aylanib ketgan. Keyinchalik "vzlom" bo'lish vaziyatdan chiqib ketishning oson yo'li deb o'ylagan.
"ARAUXODAN QANDAY XATO?! U tvitterda uxlab qoldi va katta tartibsizlikka sabab bo'ldi".
23-Fevral 2023,20:15