Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi «Barselona»dan o'tib, Evropa ligasining 1/8 finaliga yo'l oldi, javob o'yinida Erik ten Xag shogirdlari ikkita gol urdi va omadsiz boshlangan bahsni o'z tomoniga og'dirdi.
Ma'lum bo'lishicha, bu urugvaylik himoyachi Ronald Arauxoning Kataloniya klubidagi 100-uchrashuvi bo'ldi, u 2018 yilda jamoa safiga qo'shilgan, biroq 2019 yilning kuzigacha maydonga tushmagan. Arauxo «Barselona»dagi 100-uchrashuvi haqida shunday fikr bildirdi:
«Albatta, men yubiley o'yinda g'alaba qozonishni xohlardim, ammo bu ro'y bermadi. Rostini aytsam, «Barselona»ga kelganimda ular uchun yuzta o'yin o'tkazaman deb o'ylamagandim.
Men qattiq mehnat qilyapman va umid qilamanki, oldinda yana ko'plab o'yinlar bor», - deya Arauxoning so'zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
24-Fevral 2023,08:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0