Rafinya "MYu"ga qarshi birinchi o'yinda almashtirilganidan keyin norozi bo'lgach jarohat olgandi.
Qanot futbolchisi 19 fevral kuni bo'lib o'tgan La Liganing 22-turidan o'rin olgan "Kadis"ga qarshi o'yinni (2:0) "Barselona"ning asosiy tarkibida boshlamadi, ammo 74-daqiqada maydonga tushdi. O'shanda hamma Xavi "Manchester Yunayted"ga qarshi Evropa ligasi pley-off bosqichi javob o'yini oldidan Rafinyani saqlab qolgan deb taxmin qilgandi.
Biroq gap bunda emasdi, Rafinya "MYu"ga qarshi birinchi o'yinda zaxiraga olinganidan keyin jarohat olgandi. O'sha o'yinda braziliyalik futbolchi gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi va 83-daqiqada Ferran Torresga o'z o'rnini bo'shatib berdi.
Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, zaxira o'rindig'iga ketayotganda Rafinya ichimliklar solingan muzlatgichni tepgan va shundan keyin tizzasida og'riq sezgan. Shu sababli u "Kadis"ga qarshi o'yinda "Barselona"ning asosiy tarkibiga kirish imkoniyatiga ega bo'lmadi.
26 yoshli vinger joriy mavsumda "Barsa" safida barcha turnirlarda 33 o'yinda 7 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi.
26-Fevral 2023,15:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0