"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong Ispaniya chempionligini qo'lga kiritish maqsadi haqida gapirdi.
"Hech qachon La Ligada g'alaba qozonmaganman. Bu mening "Barselona"dagi to'rtinchi yilim, bu sovringa eng yaqin bo'lganim. Ammo hali ko'p o'yinlar bor. Men chempionlikni qo'lga kiritmoqchiman - bu bizning asosiy maqsadimiz. Biz bunga erishish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.
Har bir uchrashuv juda muhim. Lekin Bilbaodagi o'yin mavsumning eng qiyinlaridan biri bo'ladi. U "El Klasiko" oldidan bo'lib o'tadi, shuning uchun bizga g'alaba kerak. Biz bor e'tiborimizni "Atletik"ga qaratganmiz, ammo "Real" kelasi haftada ekanligini hamma biladi. Agar ikkala o'yinda ham g'alaba qozonsak, juda katta qadam tashlagan bo'lamiz. Ammo La Liga tugamaguncha bu hech qachon yakuniy bo'lmaydi" - dedi de Yong RAC1 bilan suhbatda.
“Barselona” turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va "Real"dan 6 ochko oldinda, Kataloniyada bir o'yin kam. "Atletik"ga qarshi o'yin bugun tunda bo'lib o'tadi.
12-Mart 2023,10:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0