«Barselona» Ispaniya chempionatining 25-turi doirasida Bilbaoda «Atletik» klubi mehmoni bo'lib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi.Mazkur uchrashuvning 87-daqiqasida mezbonliklar hujumchisi Inyaki Uilyams "ko'k-anorranglilar" posboni Mark-Andre ter Shtegen bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, to'pni darvozaga joyladi. Ammo gol bekor qilindi. Boisi, hujumning boshlang'ich qismida bilbaoliklar futbolchisi Iker Muniain to'pni qo'li bilan o'ynagani VAR yordamida aniqlandi.«Barselona» ushbu g'alaba tufayli 65 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi «Real» hisobida esa 56 ochko mavjud. Tahlilchi Pedro Martin xabar tarqatishicha, joriy mavsumda VAR yordamida chiqarilgan qarorlar natijasida «Barselona» qo'shimcha 4 ochko to'plagan bo'lsa, «Real», o'z navbatida 5 ochko yo'qotgan. Agar VAR bo'lmaganida, har ikki jamoaning ochkolari teng — 61 tadan bo'lgan bo'lardi. Eslatib o'tamiz, "Barselona" va "Real Madrid" jamoalari 19 mart kuni 26-tur doirasida o'zaro "Kamp Nou"da to'qnash kelishadi.
13-Mart 2023,10:00