«Barselona» klubi nafaqat Ispaniya hakamlar qo'mitasining sobiq vitse-prezident Xose Mariya Enrikes Negreyraga, balki uning o'g'liga ham pul to'lagani ma'lum bo'ldi. Xabaringiz bor, «Barsa» Ispaniya hakamlar qo'mitasi sobiq vitse-prezidentigaturli yillar davomida jami 7,3 million evro miqdorida pul to'lab, korruptsiyaga yo'l qo'yganlikda ayblanmoqda. "El Confidencial" tarqatgan xabarga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" Negreyraning o'g'li — Xaver Enrikes Romeroga ham pul to'lashgan. 2004 yildan boshlab 4 yil davomida Romero Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Aragonesga yordamchi bo'lib ishlagan paytda kataloniyaliklar unga 750 ming evro to'lashgan. Bu Joan Laporta prezidentligi davriga to'g'ri keladi. "Barsa" bu summani unga nima uchun to'laganiga hali oydinlik kiritilmadi.
17-Mart 2023,21:50