«Barselona» so'nggi 11 mavsum ichida ilk marta «Real» ustidan ketma-ket 3 ta o'yinda g'alaba qozondi. Xavi jamoasi kecha oqshom bo'lib o'tgan La liganing 26-tur doirasida o'yinda asosiy raqibdan 2:1 hisobida ustun keldi. Bundan avvalroq kataloniyaliklar Ispaniya superkubogi finali (3:1) va Ispaniya kubogining yarim finalidan o'rin olgan dastlabki o'yinda (1:0) "Madrid"ni mag'lub etishgan edi."Barselona" so'nggi marta ketma-ket 3 g'alabani mavsum-2011/2012da qo'lga kiritishgan edi. O'shanda "ko'k-anorranglilar"ni Pep Gvardiola, «Real»ni esa Joze Mourino boshqarayotgan edi. 5 aprel kuni ushbu jamoalar Ispaniya kubogi yarim final bosqichi javob o'yini doirasida "Kamp Nou"da yana bir marta to'qnash kelishadi. Bu o'yin mavsumdagi beshinchi "klasiko" bo'ladi.
20-Mart 2023,09:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0