"Barselona" klubi bosh murabbiyi Xavi bilan shartnomani uzaytirishni ko'rib chiqmoqda, deb xabar beradi Marca.
Manbaning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi Xaviga shartnomani kamida yana bir yilga uzaytirishni taklif qilmoqchi. Klub rahbariyati iyun oyida mutaxassis bilan bu masalani muhokama qiladi.
Biroq, Xavi bilan shartnomani uzaytirishdagi qiyin masala - murabbiyning maoshi. Hozir Xavining maoshi juda kam. Moliyaviy feyr-pley tufayli Kataloniya klubi unga ko'proq to'lay olmadi. Bu muammolar haligacha hal etilmagan.
Xavi "Barselona"ni 2021 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Mutaxassis va klub o'rtasidagi shartnoma 2024 yilgacha mo'ljallangan.
Ispaniya chempionatining 26-turidan so'ng “Barselona” 68 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
21-Mart 2023,08:00