
MLS klublari shu yozdayoq "Barselona" hujumchisi Robert Levandovskini erkin agent maqomida o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda.
Insayder Fabritsio Romano bergan ma'lumotlarga ko'ra, MLS jamoalari vakillari ehtimoliy transfer borasida polshalik hujumchi bilan "allaqachon bog'lanishmoqda". Shu bilan birga, uning kataloniyaliklar lageridagi kelajagi "ochiq"ligicha qolmoqda, chunki amaldagi shartnoma yaqin oylarda o'z nihoyasiga etadi.
37 yoshli Levandovski deyarli to'rt yildan beri "Barselona" sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida u 179 ta uchrashuvda maydonga tushib, 115 ta gol urdi va 23 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shu tariqa, agar tomonlar Ispaniya grandi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erisha olmasalar, so'nggi yillarning eng sermahsul hujumchilaridan biri faoliyatini AQShda davom ettirishi istisno etilmaydi.
O'qildi: 136459 - Fikirlar: 0
O'qildi: 52299 - Fikirlar: 0





306