Evropaning kuchli 5ta ligasi vakillari orasida sovrin yutish borasida qaysi klublar o'rtasida raqobat ketayotganini bilasizmi?
Deylik, bu borada ayniqsa, APLda («MYu» va «Liverpul» o'rtasida)gi raqobat kishini hayratga soladi. Milliy chempionat, evrokuboklar va mamlakat kubogiG'superkubogidagi g'alabalar inobatga olingan hisob-kitob bo'yicha «qizil iblislar» birozgina oldinda.
*** Angliya poygasi: «MYu» - «Liverpul» - 67:66. «Liverpul» 1ta sovrin darajasida ortda qolmoqda, ammo EChKG'EChLdagi g'alabalar soni bo'yicha «qizillar» «qizil iblislar»dan ikki baravar oldindalar.
*** Ispaniya poygasi: «Real» - «Barselona» - 95:91. Kutilgan manzara. «Qirollik klubi» asosiy 3ta yo'nalish (chempionat, ChL va milliy kubok)ning 2tasida asosiy raqibidan ancha ilgarilab ketgan. «Barsa» faqat mamlakat kubogidagi muvaffaqiyatli ishtirok evaziga umumiy hisobda «Madrid»ga ancha yaqin...
*** Italiya poygasi: «Yuventus» - «Milan» - 69:50. Italiyada xuddi Angliyadagi kabi holat hukmron. Ya'ni peshqadam klub ta'qibchisi asosiy evrokuboklardagi g'alabalari soni bilan maqtanishga haqli. Ichki turnirlarda esa «keksa sinora» - kosmos!
*** Germaniya poygasi: «Bavariya» - «Borussiya» D. - 82:24. Yo'q, bu poyga emas, shunchaki, bir tomonning mutlaq gegemoniyasi. Ikki jamoani naq 58ta sovrin ajratib turgan ekan, yana nima deyish mumkin?
*** Frantsiya poygasi: «PSJ» - «Marsel» - 45:25. Parij grandida hamon ChL «shalpangquloq» kubogi yo'q, chempionatda ham «Marsel»dan atigi 1 marta ko'p g'olib chiqqan, xolos. Lekin jamoa boshqa turnirlar hisobiga asosiy ta'qibchisidan deyarli ikki baravar oldinda.
31-Mart 2023,11:30
O'qildi: 57 - Fikirlar: 0
O'qildi: 44 - Fikirlar: 0