"Real" La Ligada videohakamlar ishiga o'zgartirish kiritish niyatida. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
"Real" bu tizim nomukammal va ko'pincha klubga qarshi ishlaydi, deb hisoblaydi, bu yaqinda bo'lib o'tgan "El Klasiko"da tasdiqlangan. Klubning maqsadi tizimni o'zgartirish bo'lib, "qaymoqranglilar" o'z telekanallari va Ispaniya OAVlarida bu mavzuni ko'tarishda davom etishadi.
Shuningdek, "Real" joriy mavsumda klubga qarshi yo'l qo'yilgan xatolar tasodifiy emasligini va videohakamlarga tashqi ta'sir ko'rsatayotganini ta'kidlamoqda. Klub VAR bo'yicha mas'ul shaxslar o'zgarishini ta'minlash niyatida. Ma'lum qilinishicha, yaqin kelajakda videotakrorlar tizimi ishini o'zgartirish rejalashtirilmagan, faqat ofsaydni yarim avtomatik aniqlashni joriy etish bundan mustasno.
2-Aprel 2023,16:10