«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Ispaniya kubogi yarim finalida «Real»dan uchralgan mag'lubiyat (0:4) haqida fikr bildirdi.
«Birinchi bo'limni juda yaxshi o'tkazdik. Biz ularning qarshi hujumlarini to'xtatishga majbur bo'ldik, ammo gol o'tkazib yubordik.
Tanaffusdan keyingi ikkinchi gol bizni «o'ldirdi». Biz o'zimizni tanqid qilishimiz va ishlashda davom etishimiz kerak», - deya Xavining so'zlarini keltiradi Football Espana.
«Real Madrid»ga qarshi o'yinda «Barselona»ga to'rtta asosiy o'yinchi etishmadi: Andreas Kristensen, Frenki De Yong, Pedri va Usmon Dembele, biroq Xavi ularning yo'qligidan mag'lubiyatni bahona qilishni istamadi.
«Agar siz jarohatlar haqida gapirsangiz, bu bahonaga o'xshab qoladi. Birinchi o'yinda ham, birinchi bo'limda ham juda yaxshi kurashdik.
Men bundan faxrlanaman. «Real Madrid» favorit, ular Chempionlar ligasining yaqinda g'olibi bo'lganini allaqachon aytgandim», - deya qo'shimcha qildi Xavi.
6-Aprel 2023,06:30