Yozgi transfer oynasida "Barselona" rahbariyati jamoaning hujum chizig'ini kuchaytirish niyatida. Buning uchun Lionel Messi (“PSJ”), Yannik Ferreyra Karrasko (“Atletiko Madrid”) va Vitor Roke (“Atletiko Paranaense”)ni sotib olish masalasi ko'rib chiqilmoqda. Klub, shuningdek, Abde Ezzalzulini ("Osasuna") ijaradan qaytarishi mumkin. Bu haqda Relevo xabar bermoqda.
35 yoshli Messi hali frantsuz klubi bilan shartnomasini yangilagani yo'q. Agar vaziyat shu darajada qolsa, argentinalik futbolchi erkin agent sifatida jamoani tark etadi.
29 yoshli Yannik Ferreyra Karraskoning "Atletiko Madrid" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan, ammo "Barselona" belgiyalik futbolchini sotib olishda imtiyozli variantga ega.
18 yoshli Vitor Roke Evropaning deyarli barcha top-jamoalarining manfaatlari doirasida. Xabar qilinishicha, u "Barselona"da o'ynashni orzu qiladi va ispan klubiga o'tish uchun hamma narsaga tayyor.
21 yoshli Abde "Osasuna"da o'ynab, 25 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
7-Aprel 2023,22:30