Kecha «Manchester Yunayted» «Everton» ustidan g'alaba qozondi.
Markus Reshfordning navbatdagi jarohatidan so'ng, «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag APL taqvimining keskinligidan shikoyat qilmoqda. Uning fikriga rozi bo'lmasdan iloj yo'q, ayniqsa oxirgi uchta o'yin taqvimiga nazar tashlasangiz:
2 aprel 16.30 «Nyukasl»5 aprel 20.00 «Brentford»8 aprel, 12:30 «Everton»
Ko'rib turganingizdek, ikkinchi va uchinchi o'yinlar oralig'ida «Manchester Yunayted»da dam olish va tayyorgarlik ko'rish uchun bor-yo'g'i 62 soat vaqt bor edi. «Manchester Yunayted»ning navbatdagi o'yini 13 aprel, payshanba kuni bo'lib o'tishi bunday tig'iz taqvim yanada hayratlanarli qiladi.
Umuman olganda, aynan shu payshanba kuni Evropa ligasi doirasidagi «Sevilya»ga qarshi o'yin «Manchester Yunayted» uchun mavsumdagi ellikinchi bahs bo'ladi. Jahon chempionati uchun olti haftalik tanaffus bo'lgan vaqtni hisobga olib qarasangiz, bu yanada tig'izlashadi.
Joriy mavsumdagi o'yinlar soni bo'yicha «kuchli beshlik» etakchilari:
«Manchester Yunayted» – 49«Real Madrid» – 46«Manchester Siti» – 45«Fiorentina» – 44«Vest Xem» – 43«Sevilya» – 43 «Liverpul» – 42«Tottenxem» – 42«Barselona» – 42«Yuventus» – 42.
9-Aprel 2023,16:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0