"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola EChL chorak finalida "Bavariya"ga qarshi birinchi o'yin oldidan Chempionlar ligasida g'alaba qozonish hissiyotlarini qayta boshdan kechirmoqchi ekanligini tan oldi.
Avvalroq Gvardiola "Barselona" bosh murabbiyi sifatida ikki marta ushbu turnirda g'olib chiqqan.
"Men Chempionlar ligasida g'alaba qozonishni juda xohlayman. Biz buni sinab ko'rmoqchimiz. Men ushbu bosqichda bo'lganimdan va "Bavariya" kabi top klubga qarshi o'ynaganimdan faxrlanaman. Biz buni oddiy deb qabul qilmaymiz.
Chempionlar ligasida g'alaba qozonish haqidagi savollar har mavsumda paydo bo'ladi. Men buni tushunaman. Lekin siz duch keladigan jamoalar ham kuchli va g'alaba qozonishni xohlaydi. Ammo men buni yana boshdan kechirishni orzu qilaman, biz g'alaba qozonamiz", - dedi Gvardiola Goal portali bilan suhbatda.
10-Aprel 2023,00:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0