Ligalarda mavsum yakunlanishiga ikki oydan kam vaqt qoldi. “Napoli”, “Barselona” va “PSJ” mos ravishda A Seriya, La Liga va Liga 1'da mustahkam peshqadamlik qilishmoqda. Biz etakchilarning qachon rasman chempion bo'lishlarini taxminiy tushunish uchun ularning taqvimlarini o'rganib chiqdik.
A Seriya
"Napoli" 1990 yildan beri ilk bor Italiya chempioni bo'lishiga hech kim shubha qilmaydi. Luchano Spaletti jamoasi katta ustunlikka ega – eng yaqin ta'qibchi (“Latsio”) 16 ochko ortda qolmoqda.Turnir yakuniga to'qqiz tur ya'ni jamg'arilishi mumkin bo'lgan 27 ochko qoldi. Shunday qilib, neapolliklar “Skudetto”ni kafolatlashlari uchun 12 ochko olishlari kerak.
"Napoli" taqvimi mavsum oxirigacha:
"Napoli" - "Verona" (15 aprel);
"Yuventus" - "Napoli" (23 aprel);
"Napoli" - Salernitana (29 aprel);
“Udineze” – “Napoli” (3 may);
"Napoli" - "Fiorentina" (7 may);
"Montsa" – “Napoli” (14 may);
"Napoli" - "Inter" (21 may);
"Bolonya" - "Napoli" (28 may);
"Napoli" - "Sampdoriya" (4 iyun).
A Seriya turnir jadvali
Janubliklar aprel oyida Verona (18-o'rin) va "Salernitana"ni (15-o'rin) mag'lub etishga qodir, ammo "Yuventus" bilan safar o'yini juda qiyin bo'lishi aniq. To'g'ri, aprel oyi oxirida "Latsio"ni ham qiyin o'yinlar kutmoqda: "Inter" bilan "San-Siro"dagi o'yin. Aprel oyida chempion bo'lish uchun Spaletti jamoasi keyingi uch turda "Latsio"dan uch ochko ko'p olishi kerak. Rimliklar "Inter" bilan o'yindan tashqari "Spetsiya" (safarda) va "Torino" (uyda) bilan o'yinlar kutishmoqda.
Five Thirty Eight superkompyuteri ma'lumotlariga ko'ra, "Napoli"ning chempionlikni qo'lga kiritish ehtimoli 99 foizdan oshadi. Dastur janubliklarning 92 ochko to'plashiga ishonadi, “Latsio” esa ikkinchi o'rinni egallaydi (71 ochko). “Milan” va “Roma” ham kuchli to'rtlikdan joy oladi, “Inter” esa faqat beshinchi o'rinni egallaydi.
La liga
Ispaniya chempionati yakunlanishiga 10 tur qoldi, “Barselona” va “Real” o'rtasidagi farq 13 ochko.
Aprel oyida La Liga klublari to'rtta tur o'ynashadi. Bu oyda chempion bo'lish uchun “ko'k-anorranglilar” "Real Madrid"dan etti ochko ko'p va "Atletiko"dan besh ochko ko'p to'plashlari kerak. Birinchi variantga ishonish qiyin, shuning uchun katta ehtimol bilan "Barsa" may oyida chempionlikni qo'lga kiritadi.
“Barselona” taqvimi mavsum oxirigacha:
"Xetafe" - "Barselona" (16 aprel);
"Barselona" - "Atletiko" (23 aprel);
"Rayo Valekano" - "Barselona" (26 aprel);
"Barselona" - "Betis" (29 aprel);
"Barselona" - "Osasuna" (2 may);
"Espanol" - "Barselona" (14 may);
"Barselona" - "Real Sosedad" (21 may);
"Valyadolid" - "Barselona" (24 may);
"Barselona" - "Malorka" (28 may);
"Selta" - "Barselona" (4 iyun).
La Liga turnir jadvali
Kataloniya klubi taqvimida jadvalning yuqori yarmidagi jamoalar bilan ko'plab o'yinlar bor. Hozirda “Atletiko” uchinchi, “Real Sosedad” beshinchi, “Real Betis” oltinchi, “Osasuna” sakkizinchi, “Rayo Valekano” to'qqizinchi va “Selta” 10-o'rinni egallab turibdi. Vaholanki, birinchi davrada bu barcha raqiblardan “Barsa” faqat “Rayo”ni mag'lub eta olmadi (0:0). Umuman olganda, 28 tur davomida Kataloniya klubi bor-yo'g'i besh marta ochko yo'qotdi.
Har holda, deylik, ochkolar teng bo'lgan taqdirda shaxsiy uchrashuvlarni ko'rib chiqishga to'g'ri keladi. Superkompyuter "Barselona" 92 ochko bilan chempion bo'lishiga ishonmoqda. "Real Madrid" 12 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinda. Uchinchi o'rinni esa "Atletiko Madrid" egallaydi.
Liga 1
“PSJ” Italiya va Ispaniya chempionatlari peshqadami kabi katta farqga ega emas. Eng yaqin ta'qibchi (“Lans”) olti ochko, “Marsel” esa sakkiz ochko ortda qolmoqda. Biroq chempionat tugashiga atigi sakkiz tur qoldi. Parijliklar keyingi turda “Lans”ni engishsa, chempionlik uchun imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi.
"PSJ" aprel oyi oxiriga qadar chempion bo'la olmaydi. Agar eng yaqin ta'qibchilar bu oydagi barcha o'yinlarda mag'lub bo'lishsa va parijliklar g'alaba qozonishsa ham, marraga besh tur qolganda oradagi farq 15 ochkoni tashkil qiladi. Nazariy jihatdan o'sha “Lans” “PSJ”ga etib olish imkoniyatiga ega bo'ladi, biroq buning ehtimoli juda kam. Ochkolar teng bo'lgan taqdirda, to'plar farqini hisobga olish kerak bo'ladi va bu borada amaldagi etakchi ustunlikka ega. Ko'rinishidan, parijliklar may oyida rasman chempionlikni qo'lga kiritishadi.
“PSJ”ning mavsum oxirigacha taqvimi:
“PSJ” – “Lens” (15 aprel);
"Anje" - "PSJ" (21 aprel);
“PSJ” – “Loren” (30 aprel);
“Trua” – “PSJ” (7 may);
“PSJ” – “Ayachcho” (13 may);
“Oser” – “PSJ” (21 may);
“Strasburg” – “PSJ” (27 may);
“PSJ” – “Klermon” (3 iyun).
Liga 1 turnir jadvali
Superkompyuter ma'lumotlariga ko'ra, "PSJ"ning chempionlikni qo'lga kiritish ehtimoli 97%, "Lans"ning muvaffaqiyati ehtimoli esa atigi 2%. Dastur yakuniy uchlik shunday ko'rinishiga ishonmoqda: “PSJ” (87 ochko), “Lans” (76) va “Marsel” (76).
15-Aprel 2023,12:10