Federiko Valverdening ishi Sport musobaqalari qo'mitasiga yuborilgan.
Eslatib o'tamiz, Valverde La Liga o'yinidan keyin stadionning avtoturargohida "Vilyarreal" futbolchisi Aleks Baenaning yuziga musht tushirgan edi. Ma'lum qilinishicha, mojaroga Baenaning “Real” yarim himoyachisi va uning rafiqasi farzandidan ayrilishi mumkinligi haqidagi so'zi sabab bo'lgan.
Keyinroq Baena hujum haqida politsiyaga xabar bergan. "Vilyarreal" yarim himoyachisi Valverde oilasi haqida hech narsa aytmaganini bildirmoqda.
17 aprel, dushanba kuni zo'ravonlikka qarshi qo'mita yig'ilishi bo'lib o'tdi, uning natijasida Valverde ishini Ispaniya futbol federatsiyasining sport musobaqalari qo'mitasiga topshirishga qaror qilindi.
Ish bo'yicha qo'mita yig'ilishi 19 aprel, chorshanba kuni bo'lib o'tadi. "Real" yarim himoyachisi La Ligada 4 tadan 12 ta o'yingacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Qayd etilishicha, oxirgi ehtiyot chorasi bir yarim oydan keyin ma'lum bo'ladi.
17-Aprel 2023,17:10