Ispaniya chempionatining 33-turi doirasida «Barselona» kecha g'alaba qozonib, "Real" mag'lubiyatga uchragach, jamoalar orasidagi farq 14 ochkoga etdi (82 va 68 ochko). Mavsum yakunlanishiga esa 5 tur qoldi."Madrid" qolgan o'yinlarning barchasida g'alaba qozonsa, o'z ochkolarini 83 taga etkazadi. Demak, "Barsa" ta'qibchi eta olmaydigan masofaga borishi uchun 2 ochko etarli bo'ladi (nega 1 ochko etarli emas? Chunki ochkolar teng bo'lib qolsa "Real"da o'zaro o'yinlardagi natija bo'yicha ustunlik bor — 3:1 va 1:2). Bundan tashqari, 3-o'rinni egallab turgan "Atletiko" hisobida 66 ochko bor. Simeone jamoasi bugun "Elche" ustidan g'alaba qozonsa, o'z ochkolarini 69 taga etkazib, jadvalda 2-o'ringa ko'tarilib oladi. "Atletiko" shundan keyin ham qolgan o'yinlarning barchasi g'alaba qozonsa, maksimal 84 ochko jamg'arishi mumkin. Yuqorida "Barselona"ning chempionlikni rasmiylashtirishi uchun 84 ochko etadi dedik. Boisi, Xavi jamoasi "matraschilar"ga qarshi har ikki o'yinda g'alaba qozonishgan.«Barselona» keyingi turni 14 may kuni «Espanol» maydonida o'tkazadi. Bu o'yindagi g'alaba Xavi va uning jamoasiga 3 yillik tanaffusdan so'ng Ispaniya chempionligini taqdim etadi. Jamoa so'nggi marta mavsum-2018/2019 da La liga g'olibiga aylangandi.
3-May 2023,09:30