"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix "Barselona" bosh murabbiyi Xaviga qoyil qolishini aytdi.
“Men uchun namuna har doim “Barselona”dan Xavi bo'lgan. U hech qachon eng zo'r bo'lmagan, lekin u ko'rish, pas va texnika bilan harakat qilgan. U menda ajoyib taassurot qoldirdi, shuning uchun men uni tomosha qilishdan zavqlanaman. Men Xavi bilan 2019 yilda Dohadagi yig'inda tanishganman va bu ajoyib tajriba bo'lganini tan olishim kerak”, — deya Kimmix so'zlaridan iqtibos keltiradi Mundo Deportivo.
Oldinroq 28 yoshli futbolchi yozda Myunxen klubini tark etishni rejalashtirayotgani va "Barselona"ga o'tishni xohlayotgani haqida xabar berilgandi.
Kimmix "Bavariya"ga 2015 yilda "Shtutgrat"dan ko'chib o'tgandi. Amaldagi shartnoma 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi 45 uchrashuvda 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
17-May 2023,17:10
O'qildi: 55 - Fikirlar: 0