Xavi "Barselona" rahbariyatiga Rafinyaning sotilishiga qarshi ekanligini aytdi.
AS nashri xabariga ko'ra, Joan Laporta va kelajakda "Barselona"ning sport direktori bo'ladigan Deku bilan so'nggi uchrashuvlarda Xavi kelasi mavsumda Rafinyaga to'liq ishonishini aytdi.
"Barselona" ustozi braziliyalikni saqlab qolish kerak deb hisoblaydi, chunki transfer bozorida hujumning o'ng qanotida yaxshiroq o'yinchi topish qiyin. Xavi Rafinyaning o'yinidan juda mamnun. Qolaversa, vinger hech qanday sharoitda ham ketishni istamaydi.
Usmon Dembelening sog'lig'ida muntazam muammolar borligini inobatga olsak, Xaviga sifatni yo'qotmasdan uning o'rnini bosa oladigan futbolchi kerak.
Rafinya joriy mavsumda "Barsa" safida barcha turnirlarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
19-May 2023,15:20