"Barselona" boshqaruv kengashining sobiq a'zosi Xaver Bordas agent Mino Rayola bilan uchrashuv va uning hozirda "Manchester Siti"da o'ynayotgan hujumchi Erling Xoland haqidagi so'rovlari haqida gapirdi.
Bordasning aytishicha, Rayola bilan uchrashuvda Xolanding kataloniyaliklar safiga o'tishi bo'yicha kelishuvga erishilgan. Biroq, agent katta komissiya olish istagini bildirdi.
"Bir paytlar men Mino Rayola bilan uchrashganman va biz Xoland haqida gaplashganimizda, u uni bizga 20 million evroga sotishga tayyor edi. Lekin u ham komissiya sifatida 20 million talab qildi”, - dedi Bordas Marca nashriga.
Hozirda Xoland dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri sanaladi. Norvegiyalik futbolchi "Manchester Siti"dagi ilk mavsumidayoq Premer-liganing eng yaxshi to'purariga aylandi.
31-May 2023,21:20