Kataloniyaning "Barselona" klubi tezroq uch futbolchisi bilan xayrlashmoqchi. Gap yarim himoyachi Frenk Kesse hamda hujumchilar Ferran Torres va Ansu Fati haqida ketmoqda. Sport nashri xabariga ko'ra, rahbariyat bu futbolchilarni iyun oyida sotishni rejalashtirgan.
Eslatib o'tamiz, ro'yxatga olingan futbolchilarni sotishdan tushgan mablag' yangi transferlarga yo'naltirilishi kerak. "Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes allaqachon rahbariyatga ushbu transfer oynasida jamoasida ko'rishni istagan futbolchilar ro'yxatini yuborgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Kesse "Barselona"ni tark etishga rozi bo'lgani xabar qilingandi, biroq Fati va Torres hamon ketishdan bosh tortmoqda. Biroq klub ro'yxatga olingan futbolchilarni har qanday narxda sotish niyatida.
10-Iyun 2023,15:10