Robert Levandovski o'zi bilan birga ishlagan murabbiylar Xavi va Pep Gvardiola ishlari o'rtasidagi farqni aytdi.«Xavi Gvardiola kabi har bir detalga e'tiborli emas. Uning o'ziga yarasha qarashlari bor.Ular maydonda o'ynagan pozitsiyalar tufayli futbolga turlicha yondoshishadi. Ammo Xavi kichik jihatlarga u qadar e'tiborli emas. Shunga qaramay, u katta yutuqlarga erishyapti va murabbiy sifatida o'sib boryapti. Buyuk futbolchi bo'lib, keyin murabbiyga aylanganlar o'yinchilarga o'z fikrini oson tushuntirib bera oladi. Ularning fikrini anglab olish qiyin emas.Gvardiola shunday murabbiyki, unga mashg'ulotning har bir jihati muhim. «Bavariya»da u menga chap yoki o'ng oyoq bilan o'ynash uchun korpusni qanday qo'yish kerakligini tez-tez tushuntirardi. U mendan chap oyoqda ko'p o'ynashni talab qilardi. Shunda menda maydonni ko'ra olish chegarasi kengayadi. Faqat o'ng oyoq bilan o'ynaganda ko'rish chegarasi torayib qoladi. Gvardiola menga hech qachon gol urishni o'rgatmagan. Chunki, bu ishni men undan ko'ra yaxshiroq uddalayman», – dedi Levandovski.
22-Iyun 2023,05:40